Logo

Claude ishlab chiquvchisi sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirishga chaqirdi

Bugun 18:552 daqiqa

«Anthropic» kompaniyasi sun’iy intellektning o‘z-o‘zini takomillashtirish xavfi tufayli SI rivojini to‘xtatib turishga chaqirdi.

Claude ishlab chiquvchisi sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirishga chaqirdi

Sun’iy intellekt (SI) tizimlari inson ishtirokisiz rivojlanish bosqichiga yaqinlashmoqda. Shu sababli jamiyat yangi voqelikka moslashib olishi uchun texnologiya rivojini sekinlashtirish yoki to‘xtatib turish zarur. Bu haqda Claude SI-modelini ishlab chiquvchi Anthropic kompaniyasi saytida e’lon qilingan maqolada ma’lum qilindi.

Maqola mualliflaridan biri, Anthropic hammuassisi Jek Klarkning ta’kidlashicha, tizimlar rekursiv o‘z-o‘zini takomillashtirish bosqichiga yaqinlashgan. Sun’iy intellekt o‘zini o‘zi yaxshlay oladigan dunyo qanday ko‘rinishda bo‘lishini kompaniyada bilishmaydi.

Shu bois, SI sohasidagi yetakchilar texnologiya rivojini tormozlashi kerakligi so‘ralmoqda.

Global nazorat tizimi va vaqt tanqisligi

Buning uchun yangi modellarni yashirin o‘qitish xavfining oldini oluvchi global nazorat tizimi bo‘lishi shart. Maqolada qayd etilishicha, dunyoda bundan avval ham murakkab texnologiyalar uchun verifikatsiya rejimlari yaratilgan.

Bunga O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma misol qilib keltirilgan. Biroq bunday rejimlarni, infratuzilma va ishonchni yaratish uchun o‘nlab yillar sarflangan. Insoniyatda esa buncha vaqt yo‘qligi aytilmoqda.

Ma’lumot o‘rniga, Anthropic kompaniyasi besh yil avval Dario Amodey boshchiligidagi sobiq OpenAI xodimlari tomonidan tashkil etilgan. 2026 yilda kompaniya o‘zining Claude Code dasturlash vositalari bilan katta muvaffaqiyatga erishdi. Natijada, kompaniyaning baholanishi o‘zining asosiy raqobatchisi — ChatGPT yaratuvchisi OpenAI bahosidan oshib ketib, 965 milliard dollarga yetdi. Bundan tashqari, 1-iyun kuni Anthropic tez orada birjaga chiqishini anons qilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid