Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi
Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi
© Javhar ChorshanbiyevaShanba va yakshanba kunlari respublika bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati +22 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
O‘zgidromet 14-15-fevral kunlari O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Juma kuni kunduzi O‘zbekistonning ko‘pchilik viloyatlarida beqaror ob-havo saqlanib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Kechasi yog‘ingarchilik asta-sekin sharqqa tomonga siljidi. Faqat markaziy va sharqiy hududlar bo‘yicha, shuningdek, respublikaning eng chekka janubida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi.
14-fevral - shanba kuni kunduzi va 15-fevral - yakshanba kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Ushbu kunlarda havo harorati ko‘tariladi, bugun +10...+15 daraja iliqqacha, yakshanba kuni esa +17...+22 daraja iliqqacha bo‘ladi. Kechalari harorat +5...+10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkent shahrida juma kunining ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, harorat 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Shanba kuni kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asta-sekin +17...+20 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Harorat asosan kechalari +6...+9 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol sekundiga 3-8 metr telikda esadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.





