Logo

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati +43 darajagacha ko‘tariladi

Bugun 11:451 daqiqa

Ayrim hududlarda kuchli shamol, chang-to‘zon va sel xavfi bo‘lishi mumkin. Harorat +37…+40, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +43 darajagacha isiydi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati +43 darajagacha ko‘tariladi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

10-11-12-iyul kunlari O‘zbekiston bo‘ylab issiq va asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat hududining katta qismida havo asosan kam bulutli bo‘ladi. Momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi faqat ayrim tog‘li hududlarda va 12-iyul kuni esa Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda kuzatilishi mumkin.

Kunduzi havo +37...+40 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +41...+43 darajagacha isiydi. Kechasi va erta tongda havo harorati +22...+27 daraja atrofida bo‘ladi.

Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 11-12-iyulda ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona vodiysida tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida asosan asosan kam bulutli bo‘ladi. Harorat kunduz kunlari +38...+40 daraja, kechalari +23...+25 daraja bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vaqt.uz jazirama havoda issiqdan saqlanish uchun nimalar qilish kerakligi haqida ma’lumot bergan edi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati +43 darajagacha ko‘tariladi | Vaqt.uz