O‘zbekistonda yana qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

23.02.2026 | 11:001 daqiqa

24–27-fevral kunlari qator viloyatlarning tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi ehtimoli yuqori bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekistonda yana qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

«O‘zgidromet» kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining keskin o‘zgarishi sabab O‘zbekistonning bir qator tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelgani haqida ogohlantirdi.

24–25-fevral kunlari xavf kutilyotgan hududlar:

Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

Namangan viloyati Pop tumanida.

26–27-fevral kunlari esa xavf hududi yanada kengayadi

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

Surxondaryo viloyati Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

Samarqand viloyati Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida; Jizzax viloyati Baxmal, Zomin tumanlarida;

Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

Namangan viloyati Pop tumanida.

«O‘zgidromet» tog‘li hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar va haydovchilarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi. Ayniqsa, tog‘ yo‘llarida harakatlanayotganda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, ob-havo ma’lumotlarini muntazam kuzatib borish zarurligi ta’kidlanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid