O‘zgidromet sel kelish xavfidan ogohlantirdi
21-fevral kuni kutilayotgan yomg‘ir yog‘ishi sababli Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin.

O‘zgidromet O‘zbekiston hududlarida 21-fevral kuni yomg‘ir yog‘ishi oqibatida qator viloyatlarning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi xavfidan ogohlantirdi.
Jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlari va Shohimardon hududida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
O‘zgidromet tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarga yo‘l olayotgan haydovchilarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi. Zarur holatlarda xavfsiz joylarga ko‘chish va rasmiy xabarlarni kuzatib borish tavsiya etildi.





