Pentagon va «Anthropic» nizosi davom etadi: Kompaniya vazirning talabini rad etdi
«Anthropic» bosh direktori Dario Amodey CI uchun xavfsizlik choralarini bekor qilmasligini bildirdi. Pentagon rahbari unga 27-fevralgacha muhlat bergandi.

«Anthropic» kompaniyasi AQSH mudofaa vazirligi bilan uning sun’iy intellekt (SI) texnologiyasidan qanday foydalanilishi bo‘yicha bahsda orqaga chekinmasligini aytdi. Kompaniya bosh direktori Dario Amodey kecha, 26-fevral kuni texnologiyasidan foydalanishda demokratiya qiymatlariga zarar keltiradigan holatlarga rozi bo‘lishdan ko‘ra, «Anthropic» Pentagon bilan ishlamagani yaxshiroq ekanini bildirdi.
Uning bayonoti AQSH mudofaa vaziri Pit Hegset bilan uchrashuvdan ikki kun so‘ng e’lon qilindi, uchrashuvda «Anthropic»dan o‘z vositalarini «har qanday qonuniy maqsadda» qo‘llashni qabul qilish talab qilingan edi. Uchrashuv «Anthropic»ni AQSH mudofaa vazirligi ta’minot zanjiridan chiqarish tahdidi bilan yakunlandi.
«Bu tahdidlar bizning pozitsiyamizni o‘zgartirmaydi: biz ularning talabini ong bilan qabul qilishimiz mumkin emas», – dedi Amodey.
Kompaniya nimadan cho‘chiyapti?
«Anthropic» uchun masala – «Claude» kabi SI vositalarini ikki maqsadda, ya’ni «ommaviy ichki kuzatuv» va «to‘liq avtonom qurollar»da qo‘llash ehtimolidir.
«Bunday qo‘llanmalar vazirlik bilan imzolangan shartnomalarimizda hech qachon ko‘rsatilmagan va biz ular hozir ham qo‘shilmasligi kerak deb hisoblaymiz. Vazirlik «Anthropic»ni tizimdan chiqarishni tanlasa, biz uni boshqa provayderga muvaffaqiyatli o‘tkazishni ta’minlash uchun ishlaymiz»,– dedi Amodey.
«Anthropic» matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, kompaniya 25-fevral kuni mudofaa vazirligi tomonidan shartnoma uchun yangi matn olgan bo‘lsa ham, bu «Claude»ning amerikaliklarni ommaviy kuzatuv uchun yoki to‘liq avtonom qurollarda qo‘llanishini to‘xtatishda deyarli hech qanday progress emas» deganidir.
«Ijrochi AQSH Qurolli kuchlarini shaxsan nazorat qilishni xohlaydi va bu orqali davlatimiz xavfsizligini xatarga qo‘yishi mumkin», – deb yozdi AQSH mudofaa vaziri o‘rinbosari Emil Maykl Amodeyni shaxsan tanqid qilib.
SI qurollar uchun ishonchli emas
«Anthropic» va Pentagon orasidagi kurash «bir necha oy avval» – «Claude» Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olish operatsiyasida ishlatilgani ommaga ma’lum bo‘lishidan oldin boshlangan. Amodey «Anthropis» Pentagon tomonidan ommaviy kuzatuv yoki to‘liq avtonom qurollarda qo‘llanishi mumkinligi yoki qo‘llanilganini aniq ko‘rsatmagan, ammo kompaniya SI tarkalgan, alohida zararsiz ma’lumotlarni avtomatik va ommaviy hajmda har qanday shaxs hayotining to‘liq tasviriga aylantirishi mumkinligini bildirgan.
«Biz SIdan qonuniy xorijiy razvedka va kontrrazvedka vazifalari uchun foydalanishni qo‘llaymiz. Biroq ushbu tizimlarni ommaviy ichki kuzatuvda qo‘llash demokratiya qiymatlariga mos kelmaydi», – dedi Amodey.
Amodey qurollarda SIdan foydalanish haqida gapirar ekan, hatto eng ilg‘or SI tizimlari ham to‘liq avtonom qurollar uchun yetarli darajada ishonchli emasligini aytgan.
«Biz AQSH harbiylari va fuqarolarini xatarga qo‘yuvchi mahsulotni bilgan holda taqdim qilmaymiz. To‘liq avtonom qurollar to‘g‘ri nazoratsiz ishlatilganda, har kuni yuqori tayyorgarlikka ega bo‘lgan professional qo‘shinlarimiz amal qiladigan muhim qarorlarni chiqara olmaydi. Ular to‘g‘ri xavfsizlik choralari bilan joylashtirilishi kerak, hozir bunday choralar yo‘q», – deydi Amodey.
Uning qo‘shimcha qilishicha, «Anthropic» bu tizimlarning ishonchliligini yaxshilash uchun Pentagon bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tadqiqot va rivojlantirishda ishlashni taklif qilgan, ammo ular bu taklifni qabul qilmagan.





