Yomg‘ir yog‘ishi sabab sel xavfi mavjud hududlar ma’lum qilindi

Kecha 11:112 daqiqa

7–9-aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi sabab O‘zbekistonning qator tog‘li va tog‘ oldi hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi rasman ogohlantirildi.

Yomg‘ir yog‘ishi sabab sel xavfi mavjud hududlar ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 7–9-aprel kunlari kutilgan yomg‘irlar natijasida ayrim hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet rasmiy ogohlantirish berdi. Mutaxassislar ayniqsa tog‘ oldi va tog‘li hududlarda xavf yuqori ekanini ta’kidlamoqda.

Qayd etilishicha, kuchli yog‘ingarchilik natijasida kichik daryo va soylarda suv sathi keskin ko‘tarilishi, sel oqimlari shakllanishi mumkin. Shuningdek, ayrim past joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi ehtimoli ham bor.

Xavf e’lon qilingan hududlar

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Mutaxassislar aholidan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish, tog‘li hududlarga sayohatni cheklash va ob-havo o‘zgarishlariga befarq bo‘lmaslikni so‘ramoqda. Ayniqsa haydovchilarga xavfli yo‘nalishlarda harakatlanishda ehtiyot choralarini kuchaytirish tavsiya etilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid