Yomg‘irli kunlar davom etadi: Ertaga ham ko‘plab hududlarda yog‘ingarchilik kutilmoqda

Kecha 13:552 daqiqa

O‘zgidromet 13-fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Yomg‘irli kunlar davom etadi: Ertaga ham ko‘plab hududlarda yog‘ingarchilik kutilmoqda © Javhar Chorshanbiyeva

O‘zbekistonda 13-fevral kuni ob-havo sharoiti beqaror bo‘ladi. Qator hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi kutilmoqda.

Ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+7 daraja iliq, kunduzi +10...+12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...-7 daraja sovuq, Ustyurtda -10...-12 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq , cho‘l hududlarda kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +13...+18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid