Megapolis yog‘dulari va oddiy taqdirlar: tungi Toshkent qanday yashamoqda? — fotoreportaj
Toshkent yana qor og‘ushida qoldi. Biroq, qishning avvalgi rutubatli oqshomlarida Vaqt.uz fotomuxbiri Javhar Chorshanbiyeva poytaxtimizning ayrim go‘shalarini fotojamlanmaga jamlash uchun aylanib chiqdi.

Qishki oqshom poytaxtni o‘ziga xos dekoratsiyaga aylantiradi. Shahar markazidagi teatrlar va restoranlarning yorqin chiroqlari fonida kechayotgan hayot rang-barang: kimdir zamonaviy avtomobilida manzilga shoshsa, yana kimdir oilasi davrasida sayrdan zavq olmoqda.
Shu manzaraga hamohang tarzda, ko‘cha chetida o‘z qo‘l mehnatini taklif qilayotgan ayollar ham tungi shaharning ajralmas qismiga aylangan. Fotoreportajimizda poytaxtning ana shu ko‘p qirrali — hashamat va oddiylik uyg‘unlashgan tungi qiyofasi aks etgan.
Vaqt.uz fotomuxbiri Javhar Chorshanbiyeva poytaxt ko‘chalarini kezib, tungi hayotning ushbu rang-barang manzaralarini obyektivga muhrladi.









































Teglar






