Logo

Pitssa va sovg‘alar: Toshkentda katta festival bo‘lib o‘tdi

25.05.2026 | 21:082 daqiqa

Toshkentda o‘tgan Bitcoin Pizza Fest mehmonlarga kriptoaktivlar bilan to‘lov, sovg‘ali o‘yinlar, musiqiy chiqishlar va interaktiv tajribalarni bir maydonda sinab ko‘rish imkonini taqdim etdi. Festival innovatsion iqtisodiyotni oddiy foydalanuvchilarga yaqinlashtirish maqsadini ilgari surdi.

Pitssa va sovg‘alar: Toshkentda katta festival bo‘lib o‘tdi

Yutuqli o‘yinlar, musiqiy chiqishlar, gastronomiya va boshqa ko‘plab tadbirlar. 23-24- may kunlari Toshkent Bitcoin Pizza Fest markaziga aylandi.

“ASTERIUM kripto-aktivlar odamlarga juda yaqin ekanligini ko‘rsatmoqchi bo‘lib, ushbu festivalni o‘tkazishga qaror qildi.  Siz bugunning o‘zida o‘z kriptokartangizni olishingiz va blokcheyn dunyosini kaftingizda his qilishingiz mumkin. Festivalda mehmonlar sovg‘alar o‘yinida qatnashmoqda.  Shuningdek, kriptokarta olib, kripto-aktivlar evaziga mazali pitsa yeyishi mumkin bo‘ladi. Ushbu festivalning hamkorlari Humo, Octobank, asterium, shuningdek, “Rahmat” kompaniyasi hisoblanadi”, deydi “Asterium” departament direktori Mixail Korneyev.

1

2

Tadbir doirasida amaldagi qonunchilik talablari asosida va litsenziyalangan xizmatlar orqali zamonaviy innovatsion to‘lov imkoniyatlari namoyish qilindi. Mehmonlarga pitsa hamda boshqa mahsulotlarni kripto-aktivlar bilan bog‘liq zamonaviy to‘lov mexanizmlari orqali xarid qilish imkoniyati taqdim etildi.

3

Tashkilotchilar tadbirning interaktiv qismiga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, Asterium tomonidan jami 10 gramm tokenlashtirilgan AUZ oltini hamda aviakompaniyaning dunyoning deyarli istalgan nuqtasiga ikki kishilik sayohat uchun aviachiptalari o‘ynaldi.

“Men bugun bir gramm oltin sovg‘asini yutib oldim. Hozircha bu nimani anglatishini bilmayman, bu kriptoaktivlar ekan, lekin tez orada bilib olaman. Kayfiyatim zo‘r, odamlar bolalari bilan, oilalari bilan kelganini ko‘ryapman. Bayram oilaviy muhit bilan uyg‘unlashgan. Buni ko‘rish menga juda ham yoqadi”, deydi tadbir ishtirokchisi Sergey Arakelyan.

5

Bitcoin Pizza Day tarixi 2010-yilda dasturchi Laslo Hanets ilk bor ikki dona pitsa uchun Bitcoin orqali to‘lov qilgan paytdan boshlangan. O‘sha vaqtda bu oddiy tajribadek ko‘ringan bo‘lsa, yillar o‘tib u innovatsion iqtisodiyotning ramziga aylandi. Festival aynan shu g‘oyani shahar muhiti orqali — hissiyotlar, jonli tajriba va texnologiyalar bilan zamonaviy o‘zaro aloqalar vositasida namoyon etdi.

 

Reklama huquqi asosida

Teglar

Mavzuga oid

Pitssa va sovg‘alar: Toshkentda katta festival bo‘lib o‘tdi | Vaqt.uz