Logo

«Yovuz niyatli shaxslar qo‘lidagi qurol»: Sun’iy intellekt ommaviy qirg‘in amalga oshirishi mumkinmi?

Bugun 08:002 daqiqa

«Microsoft» asoschisi Bill Geyts sun’iy intellekt bir milliard odamning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkinligini aytdi.

«Yovuz niyatli shaxslar qo‘lidagi qurol»: Sun’iy intellekt ommaviy qirg‘in amalga oshirishi mumkinmi?

Sun’iy intellekt (SI) insoniyatning katta qismi, xususan, bir milliardga yaqin odamning halok bo‘lishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Microsoft» korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts ma’lum qildi.

«Shubhasiz, sun’iy intellekt bir milliard odamning o‘limiga olib keladigan voqealarni keltirib chiqarish uchun yetarli kuchga ega», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Amerikaning «NBC News» telekanali.

Geyts bu fikrni dasturchilarning SI insoniyatni yo‘q qilish xavfi borligi haqidagi ogohlantirishlariga nisbatan bildirgan.

Tadbirkorning ta’kidlashicha, tarixda hali hech qachon yovuz niyatli shaxslar qo‘lida eng so‘nggi SI vositalaridek qudratli qurol bo‘lmagan. Shu bilan birga, u butun insoniyatni yo‘q qilish «ancha murakkab» masala ekanini ham qo‘shimcha qilgan.

Jiddiy xavflar va SIni nazoratga olish zarurati

Texnologiyaning jiddiy xavf-xatarlarini hisobga olib, milliarder uni qonuniy tartibga solishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonda bu bo‘yicha tegishli qonunlar qabul qilinishi o‘ta muhim. Ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyat vakillari xavfsizlikning majburiy choralarini ko‘rishi hamda ushbu texnologiya ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish bo‘yicha o‘zaro kelishib olishi kerak.

Bundan avval «Anthropic» va «OpenAI» kabi yetakchi kompaniyalar ham sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirish tarafdori ekanini bildirgandi.

Bunday ogohlantirishlar so‘nggi oylarda SI tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilayotgan xakerlik hujumlari ko‘paygan bir paytda yangramoqda.

Xususan, 23-sentabr kuni Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze «OpenAI» kompaniyasining SI-agenti kamida bitta hukumat saytiga buzib kirib, yopiq ma’lumotlarni qo‘lga kiritganini ma’lum qilgan edi.

Shuningdek, iyul oyi oxirida AQSHning yana bir yirik texnologik kompaniyasi — «Anthropic» kiberxavfsizlik sinovlari davomida uning SI modellari boshqa uchta kompaniyaning xavfsizlik tizimini buzib kirganini tan olgan.

Teglar

Mavzuga oid