Logo

Raqobat qo‘mitasi telekanallarni ogohlantirdi

Bugun 08:351 daqiqa

Ta’kidlanishicha, tomoshabinlar reklama ovozi balandligidan shikoyat qilmoqda.

Raqobat qo‘mitasi telekanallarni ogohlantirdi

O‘zbekistonda efirda namoyish etiladigan ayrim reklama bloklarining ovozi teledasturlar ovoziga nisbatan ancha baland ekani yuzasidan teletomoshabinlardan murojaatlar kelib tushmoqda. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mitaga ko‘ra, bunday holatlar tomosha qilish jarayonida noqulaylik tug‘dirishi mumkin.

Qayd etilishicha, Teleradioefirda reklama joylashtirishda ovoz darajasiga nisbatan qonunchilikda aniq talablar belgilangan. Xususan, «Reklama to‘g‘risida»gi qonunning 27-moddasiga muvofiq, reklama va reklama haqidagi anons ovozining balandligi reklama bilan uzib qo‘yilgan teledastur yoki teleko‘rsatuv ovozidan baland bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Raqobat qo‘mitasi mazkur talablarga rioya etilishini nazorat qilib borishini, zarur hollarda esa reklama ovozining belgilangan me’yorlarga muvofiqligi texnik vositalar yordamida tekshirilishini bildirdi. Qonunchilik talablarini buzgan holda reklama tarqatish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Shu munosabat bilan qo‘mita ommaviy axborot vositalari, teleradiokanallar, reklama agentliklari hamda reklama tarqatuvchilarni qonunchilik talablariga qat’iy rioya etishga va tomoshabinlar manfaatlarini inobatga olgan holda reklama materiallarini efirga uzatishga chaqirdi.

Teglar

Raqobat qo‘mitasi telekanallarni ogohlantirdi | Vaqt.uz