Logo

Jahongir Ortiqxo‘jayev yana bir kompaniyada ulush sotib oldi

Bugun 16:251 daqiqa

Ishbilarmonga tegishli «J-United Group» MCHJ go‘shtni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi «SPICEMEAT» AJning 22 foiz ulushini xarid qildi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev yana bir kompaniyada ulush sotib oldi © Platina.uz

Yagona korporativ axborot portalida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, «SPICEMEAT» AJning 22 foiz ulushi sotilgan.

Mazkur aksiyadorlik jamiyati 2026-yilning 31-mart sanasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Kompaniya go‘shtni qayta ishlash va konservalash bilan shug‘ullanadi. Ustav kapitali 264 mln so‘mga teng.

Kompaniya haqida boshqa ma’lumotlar ochiq manbalarda deyarli uchramaydi.

E’lon qilingan ma’lumotga asosan kompaniyaning 22 foiz ulushi yoki 58 mln so‘mlik aksiyalarini «J-United Group» MCHJ sotib olgan.

«J-United Group» MCHJning 100 foizlik ulushi Jahongir Ortiqxo‘jayevga tegishli hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlatga beg‘araz topshirilishi aytilgan Toshkentdagi «Hilton» mehmonxonasi 2026-yilda Jahongir Ortiqxo‘jayevlar oilasi nazoratidagi AQSH kompaniyasi aktivlari qatoriga kiritilgani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid