Logo

JCH-2026. Norvegiya Iroqni yirik hisobda yengdi, Holand dubl qayd etdi

Bugun 05:001 daqiqa

Osiyo jamoalari turnirdagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

JCH-2026. Norvegiya Iroqni yirik hisobda yengdi, Holand dubl qayd etdi

JCH-2026. Norvegiya Iroqni yirik hisobda yengdi, Holand dubl qayd etdi

Jahon chempionatida I guruhida 1-turning ikkinchi o‘yini ham bo‘lib o‘tdi va unda Norvegiya Iroq ustidan yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritib, peshqadamga aylandi.

Vikinglar safida mundialdagi debyutini o‘tkazgan hujumchi Erling Holand dublga erishdi.

Shu tariqa Iroq ushbu turnirda mag‘lub bo‘lgan Osiyoning birinchi jamoasiga aylandi.

Avvalroq guruhning birinchi o‘yinida Fransiya Senegaldan 3:1 hisobida ustun kelgandi.

2-turda Norvegiya Senegal bilan, Iroq esa Fransiyaga qarshi o‘ynaydi.

JCH-2026. I guruhi. 1-tur
Iroq — Norvegiya 1:4

16-iyun. Boston
Gollar: Husayn (39) — Holand (29, 43), Ostigor (76), Torstvedt (90+7).
Iroq — Hasan, Ali (Sadun, 73), Tahsin, Hoshim, Doski, Bayish (Mohanad, 78), Ismoil (Iqbol, 59), Al Ammari, Jassim (Qosim, 73), Al Hamadi (Farji, 59), Husayn.
Norvegiya — Nyuland, Ryuerson, Ayer, Heggem, Volf (Ostigor, 73), Edegor (Berg, 81), Berge, Eursnes (Torstvedt, 73), Nusa (Shelderup, 73), Syorlot (Bobb, 73), Holand.
Ogohlantirish: Tahsin (86).

Mavzuga oid