Toshkent ko‘chalaridan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomini berish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Yangi nom Yashnobod tumanidagi «O‘zbek-turk do‘stligi» xiyoboniga tutash ko‘chaning bir qismiga beriladi.
© prezident.uzO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15-iyun kuni «Toshkent shahridagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomini berish to‘g‘risida»gi qarorini imzoladi.
Ushbu qarorga muvofiq Toshkent shahri Yashnobod tumanida barpo etilayotgan «O‘zbek-turk do‘stligi» xiyoboniga yondosh bo‘lgan Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismiga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi.
Ushbu ko‘cha Istiqbol, Farg‘ona yo‘li va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi va Maxtumquli shohko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan masofani tashkil etadi.
Avvalroq, Turkiyaning Hatay viloyatida zilziladan so‘ng O‘zbekiston tomonidan qurilgan 300 dan ortiq xonadonni o‘z ichiga olgan 24 ta ko‘p qavatli binodan iborat turar joy majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani va unga «O‘zbekiston mahallasi» deb nom berilgani haqida xabar bergan edik.





