Logo

Zelenskiy va Tramp to‘rt oydan so‘ng ilk bor yuzma-yuz uchrashdi

G7 sammiti doirasidagi uchrashuvda Volodimir Zelenskiy AQSH prezidentidan Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uch tomonlama uchrashuv tashkil etishga ko‘maklashishni so‘radi. Tomonlar urushni tugatish yo‘llari va Ukrainaga harbiy yordam masalalarini ham muhokama qildi.

Zelenskiy va Tramp to‘rt oydan so‘ng ilk bor yuzma-yuz uchrashdi © kyivindependent.com

Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy 16-iyun kuni Fransiyada bo‘lib o‘tgan G7 sammiti doirasida AQSH Prezidenti Donald Tramp va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi.
 
Bu Zelenskiy va Tramp o‘rtasidagi to‘rt oydan ortiq vaqt ichidagi birinchi uchrashuv bo‘ldi. Taxminan 30 daqiqa davom etgan uchrashuv, to‘xtab qolgan tinchlik muzokaralarini qayta tiklashga haqida bo‘lib o‘tdi.
 
Qisqa suhbat davomida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSH rahbari Donald Trampga Ukrainaning eng muhim diniy va tarixiy yodgorliklaridan biri bo‘lgan Kiev-Pechersk Lavrasiga yaqinda Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumi oqibatida yetkazilgan zararning fotosuratlarini ko‘rsatdi. Tramp vayronagarchilikdan sezilarli darajada hafsalasi pir bo‘lgan va tasvirlardan ta’sirlangan.
 
Keyinchalik uch prezident boshqa G7 yetakchilari bilan qo‘shma ishchi sessiyada ishtirok etishdi, unda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi asosiy muhokama mavzusi bo‘ldi. Zelenskiy G7 hamkorlari o‘rtasida havo hujumidan mudofaa yordami bo‘yicha kelishib olinganini aytib, guruhning barcha a’zolari Ukraina himoyasini kuchaytirish ustida ishlashlarini qo‘shimcha qildi.
 
AQSH vositachiligidagi tinchlik muzokaralari fevral oyidan beri to‘xtatib qo‘yilgan edi. O‘shanda Vashingtonning diqqati Eron bilan urushga qaratildi, bu esa muzokaralar sur’atiga ta’sir qilgan edi.
 
Shuningdek, Zelenskiy Donald Trampdan AQSHda o‘zi va Vladimir Putin ishtirokidagi uch tomonlama uchrashuvni tashkil etishga ko‘maklashishini kutayotganini bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid