Putin va Lukashenkoning karikaturasini chizgan Rossiyalik rassom otib o‘ldirildi
Vladimir Putin, Aleksandr Lukashenko va boshqa siyosatchilarning istehzoli karikaturalari bilan tanilgan rassomga noma’lum shaxs yaqin masofadan bir necha bor o‘q uzgan.
© ASTRAPutinning karikaturasini chizgan Rossiyalik rassom Semyon Skrepetskiy Polshaning Biala Podlaska shahrida otib ketildi. Politsiya marhumning shaxsini oshkor qilmadi, biroq rassomning do‘stlari hamda mahalliy manbalar uning o‘limini tasdiqladi.
Ma’lumotlariga ko‘ra, u shahardagi turar-joy majmualaridan birining avtoturargohida otib o‘ldirilgan.
Mahalliy telekanal qotil rassomni yaqin masofadan bir necha marta otganini xabar qildi. Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari Skrepetskiyni qutqara olmagan. Qotillikdan so‘ng politsiya ko‘chalar va shahardan chiqish yo‘llarini to‘sib qo‘ydi.
Telekanalning ta’kidlashicha, gumondorlardan biri Belya Podlaskadagi Belarus konsulligi yonida hibsga olingan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u Belarus fuqarosi bo‘lgan. Politsiya jinoyatchini qidirishda davom etayotganini aytmoqda.
Semyon Skrepetskiy asli rossiyalik rassom hisoblanadi. U siyosatchilarning kulgili karikaturalarini chizish bilan tanilgan. Skrepetskiy Vladimir Putin, Aleksandr Lukashenko, Ramzan Qodirov va Aleksey Navalniyning istehzoli portretlarini chizgan. U shuningdek, Ukraina hukumatini tanqid qilgan. Rassom 2021 yildan beri rassom Polshada yashayotgan edi.





