JCH-2026. Saudiya Arabistoni Urugvay bilan, Eron Yangi Zelandiyaga qarshi durang o‘ynadi
Osiyo jamoalarining mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etmoqda.

Jahon chempionatida yana ikki guruhda 1-tur bahslari yakunlandi.
G guruhida Eron Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushib, jangovar durang qayd etdi. Avvalroq guruhning birinchi o‘yinida ham Belgiya va Misr (1:1) murosa yo‘lini tanlashgandi.
N guruhida Saudiya Arabistoni Urugvay bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Oldinroq Ispaniya Kabo-Verde (0:0) darvozasiga yo‘l topolmagandi.
Shu tariqa ushbu mundialda Osiyo jamoalarining mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etmoqda.
JCH-2026. 3-tur. 15-iyun
G guruhi
Eron — Yangi Zelandiya 2:2
Gollar: Rizoiyon (32), Mohebbi (64) — Jast (7, 54).
Eron — Biyronvand, Rizoiyon, Xalilzoda, Nemati, Muhammadi, Mohebbi, Quddus (Hojisafi, 65), Izzatullohiy, Yusufi (Gaedi, 46), Muhanlu (Alipur, 53), Toremiy (Husaynzoda, 80).
Yangi Zelandiya — Krokomb, Peyn (Elliott, 78), Surman, Boksal, Kakache (Old, 68), Bell, Stamenich (Bindon, 90+2), Makkovatt (Tomas, 68), Singh (Randall, 90+2), Jast, Vud.
Ogohlantirish: Hojisafi (89).
N guruhi
Saudiya Arabistoni — Urugvay 1:1
Gollar: Al Amri (41) — Araujo (80).
Saudiya Arabistoni — Al Ovays, At Abdulhamid (Lajami, 90+3), At Tambakti, Al Amri, Al Harbi (Al Hamdan, 90+3), Ash Shamat (Bushal, 81), Kanno, Al Haybari, Ad Dosari, Al Juvayr (Nosir Ad Dosari, 63), Al Buraykan (Haji, 90+3).
Urugvay — Muslera, Varela, Kaseres, Olivera, Vinya (Sanabriya, 46), Valverde, Ugarte (de la Kruz, 72), Bentankur, Araujo (Rodriges, 80), Vinas (Agirre, 90), Nunes (Kanobbio, 46).
Ogohlantirish: Al Amri (44).





