add

Toshkentda go‘sht va chorva importerlari assotsiatsiyasi tuziladi

03.08.2025 | 18:5547823

Toshkent shahri hokimiyatida 70 dan ortiq go‘sht va tirik chorva importerlari hamda chorvachilik fermalari vakillari bilan kengaytirilgan uchrashuv o‘tkazildi.

Toshkentda go‘sht va chorva importerlari assotsiatsiyasi tuziladi
Asosiy e’tibor aholini sifatli va arzon go‘sht bilan ta’minlash, narxlarni barqarorlashtirish va xaridorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish masalalariga qaratilgan. Uchrashuvda yetkazib berish barqarorligini va narxlar izchilligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan choralar muhokama qilindi. Tadbirkorlar logistika, bojxona jarayonlari, soliqqa tortish va veterinariya nazorati bilan bog‘liq asosiy muammolarini bayon qildi. Ayrim masalalar uchrashuv jarayonidayoq hal etildi, qolganlari esa hokimiyat va mutasaddi idoralar tomonidan nazoratga olindi. Ishtirokchilar tomonidan go‘sht va tirik chorva importerlari assotsiatsiyasini tuzish tashabbusi bildirildi. Bu tuzilma bozordagi narxlar va ta’minotni tizimli ravishda tartibga solish, mahsulot sifati va miqdorini kafolatlash imkonini beradi. Toshkent shahar hokimi hamda mas’ul tuzilmalar mazkur tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladi. Uchrashuvda Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat veterinariya nazorati boshqarmasi, prokuratura va boshqa idoralar vakillari ishtirok etib, tadbirkorlar bilan birgalikda bozorda go‘sht mahsulotlari yetkazib berish barqarorligini ta’minlash uchun hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Toshkent shahar hokimiyati oziq-ovqat xavfsizligi va aholini arzon hamda sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash masalalarini doimiy nazoratda saqlashini bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid