add

Toshkentda yer maydonining maqsadini o‘zgartirish evaziga 900 ming dollar talab qilganlar ushlandi

09.09.2025 | 10:2036723

1 gektar yer maydonini ko‘p qavatli uy qurishga mo‘ljallab berish uchun 900 ming dollar pora talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Shu bilan birga, Andijon va Qashqadaryoda ham mansabdor shaxslar katta miqdorda pora olayotganda ushlangan.

Toshkentda yer maydonining maqsadini o‘zgartirish evaziga 900 ming dollar talab qilganlar ushlandi
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati hamkor huquq-tartibot idoralari bilan birga o‘tkazgan tezkor tadbirlarda katta miqdorda pora bilan bog‘liq holatlar aniqlangan. Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimining ikki o‘rinbosari fermer xo‘jaligining 500 ming dollarlik eksport rejasini soxta hujjatlar bilan yopib berish evaziga 65 mln so‘m pora talab qilgan. Ularning biri 25 mln so‘mni avans sifatida olgan, qolgan 40 mln so‘mni olayotganda dalillar bilan ushlangan. Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi asosida ish qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan. Toshkent shahrida esa ikki shaxs Sergeli tumanidagi 1 gektar yer maydoni maqsadini o‘zgartirib, ko‘p qavatli uy qurishga ruxsat olish uchun 900 ming dollar talab qilgan. Murojaatdan so‘ng Mirobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular oldindan 220 ming dollar olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bo‘yicha ish ochilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Qashqadaryo viloyatidagi tadbirda esa «Vatanparvar» tashkiloti viloyat kengashi raisi o‘rinbosari haydovchilik guvohnomasini imtihonsiz rasmiylashtirish evaziga 20 mln so‘m olgan paytda ushlangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. DXX ma’lumotida ta’kidlanishicha, tergov harakatlari davom etmoqda va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari yanada kuchaytirilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda yer maydonining maqsadini o‘zgartirish evaziga 900 ming dollar talab qilganlar ushlandi | Vaqt.uz