Logo

24,8 mlrd so‘mlik noqonuniy kriptoaktivlar savdosi bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi

Bugun 13:051 daqiqa

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi fuqaro Binance orqali litsenziyasiz kriptoaktivlar sotib olgan va ayirboshlagan.

24,8 mlrd so‘mlik noqonuniy kriptoaktivlar savdosi bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi © Unsplash

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida umumiy qiymati 24 mlrd 812,8 mln so‘mlik noqonuniy kriptovalyuta savdosi bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat tezkor tadbir chog‘ida fuqaroning telefoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda aniqlangan. Telefonga o‘rnatilgan Binance ilovasi orqali kriptoaktivlar sotib olingani, o‘tkazilgani va ayirboshlangani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 768 mlrd so‘mlik noqonuniy kriptooperatsiyalar bilan shug‘ullangan uch kishi qo‘lga olingandi.

Teglar

Mavzuga oid