Gaz yetib bormagan hududlarda elektr uchun imtiyoz tartibi qachon ishlab chiqiladi?
Prezidentning yangi farmoni bilan maxsus Elektrlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Mazkur loyiha doirasida nafaqat imtiyozli tariflar qachon va qanday tartibda kuchga kirishi belgilanadi, balki aholiga energiya tejamkor texnikalarni xarid qilishda moliyaviy ko‘mak berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
© Фото: «Ҳудудгазтаъминот» АЖO‘zbekistonda tabiiy gaz yetib bormagan va uyini isitish uchun elektr energiyasidan foydalanadigan aholi uchun imtiyozli tariflar belgilanishi rejalashtirilmoqda. Mazkur tartib 2027 yildan boshlab amaliyotga tatbiq etilishi mumkin.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 22-sentabrdagi «Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–202-sonli farmonida ma’lum qilindi. Hujjatda ilk bor gazlashmagan hududlar uchun elektr energiyasiga imtiyozli tariflarni joriy qilish vazifasi belgilangan.
Elektrlashtirish konsepsiyasi va yangi mexanizmlar
Farmonga muvofiq, mas’ul tashkilotlar zimmasiga 2027 yilning fevraliga qadar maxsus Elektrlashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.
Konsepsiya doirasida elektrlashtiriladigan iste’molchilar, shuningdek, tabiiy gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan va isitish maqsadida elektr energiyasidan foydalanib kelayotgan iste’molchilar uchun elektr energiyasining imtiyozli tariflarini belgilash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, mazkur konsepsiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida aholini qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Unga ko‘ra, elektrlashtirish natijasida almashtiriladigan energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan maishiy texnikalarni sotib olishda aholiga ko‘mak berish mexanizmlari joriy etiladi.
Tayyorlangan ushbu loyiha 2027 yilning apreliga qadar hukumatga kiritilishi kerak.





