Samarqandda SHHTning xavfsizlik bo‘yicha yangi muloqoti boshlandi
O‘zbekiston tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro uchrashuvda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, raqamli texnologiyalar keltirib chiqarayotgan xavfsizlik tahdidlari muhokama qilinmoqda.
© Foto: uzaSamarqand shahrida Xavfsizlik masalalari bo‘yicha SHHT plyus birinchi ekspertlar muloqoti o‘z ishini boshladi.
«Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik: yangi texnologiyalar rivojlanishini hisobga olgan holda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish» mavzusidagi tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbari general-polkovnik B.Qurbonov raisligida o‘tkazilmoqda.
Uchrashuv avvalida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro muloqot qatnashchilariga murojaatini Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. Mahmudov o‘qib eshittirdi.
Mazkur formatni yo‘lga qo‘yish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevga tegishli bo‘lib, ilk bor 2024-yilda SHHTning Ostona shahridagi sammitida yangragan.
2025-yilda Tyanszinda bo‘lib o‘tgan Tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishida Xavfsizlik masalalari bo‘yicha SHHT plyus birinchi ekspertlar muloqotini Samarqandda o‘tkazish taklif qilingan edi.
Uchrashuvda SHHTga a’zo davlatlar, kuzatuvchilar, muloqot bo‘yicha hamkorlar maxsus xizmatlarining rahbarlari hamda vakillari, xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, taklif etilgan mehmonlar qatnashmoqda.





