«Asia Alliance Bank»ning «Virtual kartalar marafoni»da qimmatbaho sovrinlarni qo‘lga kiriting!
Kundalik xaridlaringizni nafaqat qulay, balki yanada manfaatli qilishni istaysizmi? Unday bo‘lsa, umumiy sovrin jamg‘armasi 300 mln so‘mni tashkil etuvchi «Asia Alliance Bank» ATBning keng ko‘lamli «Virtual kartalar marafoni» aksiyasiga qo‘shiling!

Aksiyada 2026-yil 5-avgustdan 31-dekabrgacha Visa va Humo virtual kartalarini ochgan barcha bank mijozlari ishtirok etishi mumkin.
Qanday qilib ishtirok etish mumkin?
Agar sizda hali Visa va Humo virtual kartalari bo‘lmasa, ularni «Alliance Pay» mobil ilovasi orqali rasmiylashtiring.
Visa yoki Humo virtual kartalari orqali odatiy xaridlar va to‘lovlarni amalga oshiring. Bunda bir oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalarning umumiy summasi kamida 10 dollar yoki 120 ming so‘mni tashkil etishi lozim. Hisob-kitoblarda terminallar orqali amalga oshirilgan mahalliy va xalqaro operatsiyalar, shuningdek, internet orqali qilingan xaridlar ham inobatga olinadi.
Qanday sovrinlarni yutib olish mumkin?
Har oy faol ishtirokchilar o‘rtasida 50 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari o‘ynaladi. Har oy 5 nafar g‘olibning har biriga 10 million so‘mdan pul mukofoti topshiriladi.
2027-yilning yanvar oyida esa marafonning yakuniy bosqichi doirasida bosh sovrinlar — xorijga unutilmas sayohat uchun qiymati 50, 30 va 20 million so‘m bo‘lgan uchta sayohat vaucheri o‘ynaladi!
Har bir bosqich g‘oliblari tasodifiy sonlar generatori (Random.org) yordamida aniqlanadi. Sovrinlar bo‘yicha barcha soliqlar va majburiy to‘lovlarni bank o‘z zimmasiga oladi. Demak, siz yutib olgan mukofotni to‘liq hajmda qo‘lga kiritasiz!
Aksiya shartlari, batafsil qoidalari va ishtirokchilar ro‘yxati bilan bankning aab.uz rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tanishishingiz mumkin.
Reklama





