Rossiya va BAAga borish kamaydi. O‘zbekistonliklar 2026 yilda eng ko‘p borgan 10 ta davlat e’lon qilindi
2026-yilning 10 oyida 6,5 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
© Foto: dubai.pn.ruO‘zbekistonliklar xorijga chiqishda asosan Markaziy Osiyo mamlakatlarini tanlamoqda. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–oktabr oylarida 6,5 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 154,2 nafarga ko‘p. Safarlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni Qirg‘iziston, ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston, uchinchi o‘rinni esa Tojikiston egalladi.
Birgina ushbu uchta mamlakatning o‘ziga 5,26 millionta safar to‘g‘ri kelgan. Bu esa umumiy ko‘rsatkichning qariyb 81 foizini tashkil etadi.
O‘zbekistonliklar eng ko‘p borgan 10 ta davlat
2026 yilning yanvar–oktabr oylari davomida O‘zbekiston fuqarolari tomonidan eng ko‘p safar qilingan mamlakatlar ro‘yxati quyidagicha:
1. Qirg‘iziston — 2 983 680 ta
2. Qozog‘iston — 1 183 775 ta
3. Tojikiston — 1 092 184 ta
4. Rossiya — 301 420 ta
5. Turkiya — 257 904 ta
6. Saudiya Arabistoni — 253 789 ta
7. BAA — 73 289 ta
8. Xitoy — 64 809 ta
9. Misr — 50 463 ta
10. Viyetnam — 38 276 ta
Qirg‘izistonga amalga oshirilgan safarlar soni ikkinchi o‘rindagi Qozog‘iston ko‘rsatkichidan 2,5 barobar ko‘p. Shuningdek, Turkiya va Saudiya Arabistoniga qilingan safarlar soni bir-biriga juda yaqin: o‘rtadagi farq atigi 4,1 mingtani tashkil qiladi.
Qo‘shni davlatlar hamon birinchi o‘rinda
Ro‘yxatning dastlabki uchta pog‘onasini Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston band qilgan. Bu mamlakatlarga qilingan jami safarlar soni 5,26 milliontadan oshgan.
Ma’lumki, ushbu uch davlatning barchasi O‘zbekiston bilan umumiy chegaraga ega. Statistikadagi bu raqamlar safarlarning asl maqsadini emas, balki aynan qaysi davlatga borilganini ko‘rsatadi.
Statistika agentligining 2026 yil birinchi choragi bo‘yicha turistik oqimlar hisobotida chet elga qilingan safarlarning 77 foizi aynan qarindoshlarni yo‘qlash maqsadiga to‘g‘ri kelgani qayd etilgan. Bevosita dam olish va hordiq chiqarish maqsadidagi safarlar ulushi esa atigi 22,1 foizni tashkil qilgan.
2025 yilning yanvar–oktabr oylarida ham o‘zbekistonliklar eng ko‘p Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistonga safar qilgan.
Statistika agentligining o‘sha davr uchun e’lon qilgan ma’lumotlariga tayanilsa, xorijga turistik maqsadlarda qilingan safarlarning umumiy soni qariyb 6,4 milliontani tashkil etgan. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 24,7 foizga yuqori bo‘lgan. 2026 yilning dastlabki 10 oyida esa bu ko‘rsatkich 6,5 milliontaga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 154,2 mingtaga oshdi.
O‘zbekistonliklarning xorijga chiqishi bo‘yicha birinchi uchlik o‘zgarmay qolmoqda. Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p boradigan mamlakatlar sifatida o‘z yetakchiligini mustahkam saqlab turibdi.
2025 yilga nisbatan qaysi davlatlarga safarlar ko‘paydi?
2026 yilning 10 oylik natijalarini o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda, ayrim yo‘nalishlarda sezilarli o‘zgarishlar kuzatiladi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–oktabr oylarida Xitoyga 39,6 ming, Turkiyaga 230,8 ming, Saudiya Arabistoniga 237,1 ming nafar o‘zbekistonlik safar qilgan.
2026 yilning shu davrida esa Xitoyga safarlar 64,8 mingtaga, Turkiyaga 257,9 mingtaga, Saudiya Arabistoniga 253,8 mingtaga yetgan.
Davlat | 2025 yil | 2026 yil | O‘zgarish |
Xitoy | 39,6 ming | 64,8 ming | +63,7% |
Turkiya | 230,8 ming | 257,9 ming | +11,7% |
Saudiya Arabistoni | 237,1 ming | 253,8 ming | +7% |
Rossiya | 370,1 ming | 301,4 ming | −18,6% |
BAA | 114,1 ming | 73,3 ming | −35,8% |
Misr | 56,2 ming | 50,5 ming | −10,2% |
Vietnam | 32,8 ming | 38,3 ming | +16,7% |
Shu bilan birga, mamlakatlar reytingida ham o‘zgarish bor. 2025 yilda Saudiya Arabistoni Turkiyadan oldinda bo‘lgan. 2026 yilda esa Turkiya beshinchi, Saudiya Arabistoni oltinchi o‘ringa chiqqan.
Xitoy ham to‘qqizinchi o‘rindan sakkizinchi o‘ringa ko‘tarilgan.





