add

Xitoy quyosh energiyasi ishlab chiqarishda yangi rekord qo‘yishi mumkin

2025 yilning ilk to‘rt oyida Xitoyda quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 42% ga oshib, 329 mlrd kVt/soatni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning butun natijasidan ham yuqori. Yil oxirigacha mamlakatda quyosh generatsiyasi 1 trln kVt/soatdan oshib ketishi kutilmoqda.

Xitoy quyosh energiyasi ishlab chiqarishda yangi rekord qo‘yishi mumkin
Xitoy Xalq Respublikasi quyosh energiyasi sohasida dunyodagi yetakchi maqomini yanada mustahkamlamoqda. 2025 yilning yanvar–aprel oylari mobaynida mamlakatda quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 329 milliard kVt/soatga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 42 foizga ko‘pdir va 2021 yilning butun yillik natijasi — 327 milliard kVt/soatdan ham yuqori. Mutaxassislar taxmin qilishicha, yil oxiriga borib ushbu ko‘rsatkich 1 trillion kVt/soatdan oshishi mumkin. Bu esa Rossiyaning 2024 yildagi elektr energiyasi iste’mol ko‘rsatkichi — 1,2 trillion kVt/soatga yaqin natija bilan taqqoslanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Sanoatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi — yangi elektr energiyasi ishlab chiqarish infratuzilmasining joriy qilinishi bo‘lib turibdi. Ember tahlil markazi ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilda Xitoyda 278 gigavatt quyosh panellari foydalanishga topshirilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 28 foizga ko‘proq. Ushbu yangi quvvatlarning 57 foizi yirik sanoat elektrostansiyalar hissasiga to‘g‘ri kelsa, 43 foizini aholi va kichik korxonalar tomonidan qo‘llanilayotgan taqsimlangan quyosh generatsiyasi tashkil etdi. Bu tendensiya Xitoyning qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish siyosatidagi qat’iyligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, mamlakat energetika salohiyatini ko‘paytirish va havo ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini ham bajarmoqda.

Teglar

Mavzuga oid