add

Afg‘onistonda 10 mlrd dollarlik energiya loyihasi: toliblar tarixiy shartnoma imzoladi

04.08.2025 | 13:4039273

Afg‘oniston islom amirligi o‘z tarixidagi eng yirik investitsiya kelishuvlaridan biriga imzo chekdi — mahalliy investor Mirvays Aziziyning Azizi Energy kompaniyasi bilan umumiy qiymati 10 mlrd dollarga teng shartnoma imzolandi.

Afg‘onistonda 10 mlrd dollarlik energiya loyihasi: toliblar tarixiy shartnoma imzoladi
Ta’kidlanishicha, ushbu investitsiya orqali mamlakat bo‘ylab gaz, ko‘mir, suv, shamol va quyosh manbalari yordamida umumiy 10 ming megavatt (MW) elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Uning 4 ming MW qismi aholi ehtiyojlarini qondirishga, qolgan 6 ming MW esa sanoat korxonalari uchun ajratiladi. Energiya va suv vazirligi bilan Azizi Energy o‘rtasidagi bu kelishuv mamlakatdagi energetika infratuzilmasini tubdan qayta qurishni nazarda tutadi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida 150 mingga yaqin ish o‘rni yaratilishi va 7–10 yil ichida Afg‘oniston to‘liq energiya mustaqilligiga erishishi kutilmoqda. Shu bilan birga, mamlakat eksportbop energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi. Islom Amirligi hukumati rasmiylari, jumladan Bosh vazir o‘rinbosari Mullo Barodar Oxund, imzo marosimida ishtirok etdi. Azizi Energy rahbari Mirvays Aziziyning ta’kidlashicha, loyihaning amaliy ishlari allaqachon tayyor va unga ertagayoq start beriladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Islom Amirligi bilan to‘liq hamkorlik va qat’iy bag‘ishlanish asosida faoliyat yuritmoqda. Bu shartnoma Afg‘oniston hukumati tomonidan so‘nggi yillarda e’lon qilingan eng katta xususiy investitsiya loyihasi sifatida qayd etildi. Mutaxassislar fikricha, loyiha nafaqat energetika sohasini, balki butun iqtisodiyotni jonlantirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Teglar

Mavzuga oid