add

AQSH o‘z fuqarolarini Ozarboyjondan zudlik bilan chiqib ketishga chaqirdi

05.07.2025 | 13:0048362

AQSHning Bokudagi elchixonasi o‘z fuqarolariga Ozarboyjon hududini imkoniyat boricha tezroq tark etishni tavsiya qildi. Bu haqda EU Daily nashri xabar berdi. Biroq vaziyat bo‘yicha rasmiy tushuntirish berilmagan.

AQSH o‘z fuqarolarini Ozarboyjondan zudlik bilan chiqib ketishga chaqirdi
Elchixona rasmiy saytida bu haqda ma’lumot yo‘q, ammo jamoatchilik orasida fuqarolarni evakuatsiya qilishga doir xabarlar faol tarqalmoqda. E’londa faqatgina «yaqin vaqt ichida Ozarboyjon Respublikasi hududini tark etish tavsiya qilinadi», deya qayd etilgan. Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi bu holat yuzasidan hozircha izoh bergani yo‘q. Ma’lumot o‘rnida: avvalroq Ozarboyjonda 43 nafar deputat mamlakat Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramovga AQSH bilan hamkorlikni qayta ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilgan edi. Murojaatda 1997 yilda imzolangan «Kelajakdagi harbiy va mudofaa aloqalari to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot» hamda 2013 yilda Ozarboyjon va AQSH mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi jihozlar xaridi va o‘zaro xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvni bekor qilish taklifi berilgan. Ushbu diplomatik muammolar AQSHning fuqarolarni mamlakatdan chiqarish tavsiyasiga turtki bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

AQSH o‘z fuqarolarini Ozarboyjondan zudlik bilan chiqib ketishga chaqirdi | Vaqt.uz