Bugun qaysi banklarda dollar ayirboshlash qulayroq?
Tijorat banklari 21-sentabr kuni amalda bo‘ladigan dollarning yangi ayirboshlash kursini e’lon qildi.
© AP Photo/Tatan Syuflana21-sentabr kuni O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari orasida dollar ayirboshlashning qulay kurslari yangilandi.
Banklarga dollarni sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
«Xalq banki» — 11 870 so‘m;
«Aloqabank» — 11 870 so‘m;
«Tengebank» — 11 860 so‘m;
«Anorbank» — 11 845 so‘mdan sotish mumkin.
Banklardan dollarni sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
«Infinbank» — 11 800 so‘m;
«Hayotbank» — 11 800 so‘m;
«Asakabank» — 11 800 so‘m;
«Agrobank» — 11 800 so‘m;
«Tengebank» — 11 810 so‘mdan xarid qilish mumkin.
Ayni paytda valutalar bo‘yicha kunlik kurslar har kuni yangilanib, tijorat banklarining rasmiy saytlarida va ularning mobil ilovalarida e’lon qilinadi.




