Logo

Behzod Musayev yangi lavozimga tayinlandi — manba

Bugun 23:041 daqiqa

U sentabr oyi boshida Prezidentning tegishli qarori bilan Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etilgandi.

Behzod Musayev yangi lavozimga tayinlandi — manba © Foto: Daryo.uz

Migratsiya agentligi sobiq direktori Behzod Anvarovich Musayev «Vatandoshlar» jamoat fondi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Vaqt.uz manbasi xabar berdi.

«Vatandoshlar» jamoat fondi 2021-yilda xorijda yashayotgan o‘zbekistonliklar bilan aloqalarni mustahkamlash, ularning O‘zbekiston bilan ijtimoiy va madaniy aloqalarini rivojlantirish hamda vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Musayev 2026 yil 3-sentabr kuni Prezidentning tegishli qarori bilan Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rniga O‘zbekistonning Yaponiyadagi sobiq elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov tayinlangan.

Behzod Musayev 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, 2004 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1995 yilda O‘zbekiston Milliy bankida boshlagan, keyin Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlagan. 2018 yilda Davlat soliq qo‘mitasi raisi bo‘lgan. Keyinchalik sog‘liqni saqlash vaziri, ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2024 yil sentabridan Migratsiya agentligiga rahbarlik qilgan.

Teglar

Mavzuga oid