add

Bahrayn havo hududini yopdi — Fors ko‘rfazidagi keskinlik ortib bormoqda

23.06.2025 | 23:1043062

Bahrayn qirolligi mintaqadagi xavfsizlik holati tufayli o‘z havo hududini vaqtincha yopdi.

Bahrayn havo hududini yopdi — Fors ko‘rfazidagi keskinlik ortib bormoqda
Mamlakatning Transport va aloqa vazirligiga qarashli Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi bu qarorni ehtiyot chorasi sifatida qabul qilganini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakatning davlat axborot agentligi BNA 23 iyun kuni ma’lumot tarqatdi. Qaror mintaqadagi harbiy va siyosiy keskinlashuv fonida qabul qilingan. Bahrayn rasmiylari xavf-xatarlarni baholagan holda havo harakati vaqtincha to‘xtatilganini bildirdi. Ayni paytda, mintaqada Eron va AQSH o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar kuchaygan. Qatardagi AQSH harbiy bazasiga raketa hujumlari amalga oshirilgani va portlashlar kuzatilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Teglar

Mavzuga oid