BMT: Markaziy Osiyo davlatlari aylanma iqtisodiyot bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishi kerak

Bugun 17:583 daqiqa

Ekspertlarga ko‘ra, resurslarni «olish–ishlab chiqarish–tashlash» modeli iqlim va iqtisod uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

BMT: Markaziy Osiyo davlatlari aylanma iqtisodiyot bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishi kerak © Президент матбуот хизмати

Birlashgan Millatlar tashkilotining atrof-muhit dasturi (YUNEP) ijrochi direktori Inger Andersenning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo davlatlari tabiiy resurslarga tushayotgan bosimni kamaytirish va aylanma iqtisodiyotga o‘tishni tezlashtirish uchun mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirmoqda. U bu haqda Ostonada Mintaqaviy ekologik sammit doirasida chiqish qilgan.

Andersenning aytishicha, hozirgi iqtisodiy model – «olish → ishlab chiqarish → tashlash» – barqaror emas. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, global issiqxona gazlarining 50 foizidan ortig‘i resurslarni qazib olish va qayta ishlash jarayonlariga to‘g‘ri keladi, havo ifloslanishining 40 foizgacha qismi ham shu sohalar bilan bog‘liq, bio xilma-xillik katta yo‘qotishlarga uchramoqda

Xavotirli prognoz

Agar hozirgi tendensiya davom etsa, 2060-yilga borib dunyoda resurslarni qazib olish hajmi 60 foizga oshishi mumkin. Shu sababli YUNEP rahbari aylanma iqtisodiyot (resurslarni qayta ishlatish va chiqindilarni kamaytirish)ga o‘tishni strategik zarurat sifatida baholagan.

Shu kabi muammo Markaziy Osiyo uchun ham dolzarb bo‘lib qolmoqda: prognozlarga ko‘ra, mintaqa aholisi asr o‘rtalariga borib 100 million kishiga yaqinlashadi. Bunday sharoitda aylanma iqtisodiyotga (siklik iqtisodiyotga) o‘tish faqat ekologik emas, balki iqtisodiy zaruratga ham aylanadi.

Bu yondashuv chiqindilarni kamaytirishni quyidagi usullar orqali nazarda tutadi:

mahsulotlarni qayta ishlatish

ta’mirlash va qayta tiklash

qayta ishlash (retsikling)

tovar va xizmatlarni yaxshiroq va samaraliroq loyihalash.

YUNEP rahbari ta’kidlashicha, aylanma modellarni joriy etish yangi bozorlarni ochishi, ish o‘rinlarini yaratishi va iqtisodiyotni mustahkamlashi mumkin.

Xalqaro ekspertlar baholariga ko‘ra, bunday o‘tish global iqtisodiyotga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin:

dunyo YAIM kutilgan darajadan 3 foiz yuqoriroq o‘sishi mumkin

materiallardan foydalanish 30 foizga kamayadi

Issiqxona gazlari chiqindisi 80 foizdan ortiq qisqarishi ehtimoli bor.

Xalqaro mehnat tashkiloti prognoziga ko‘ra, aylanma (siklik) iqtisodiyot 2030-yilga qadar kamida 7 million yangi ish o‘rni yaratishi mumkin. Inger Andersen buni «odamlar va tabiat uchun katta yutuq», deb baholagan.

Markaziy Osiyoda vaziyat

Markaziy Osiyoda chiqindilarni boshqarish bo‘yicha ayrim qadamlar qo‘yilgan bo‘lsa-da, ekspertlar bu yetarli emasligini ta’kidlamoqda. Asosiy muammo – butun tizimni o‘zgartirish zarurati.

Yangi biznes modellari mahsulotni loyihalashdan boshlab chiqindini kamaytirish hamda ishlab chiqarish va iste’mol bosqichlarini optimallashtirish

Andersenga ko‘ra, davlat siyosati hal qiluvchi ahamiyatga ega. Soliq va moliyaviy imtiyozlar, davlat xaridlari tizimi va ishlab chiqaruvchilarning kengaytirilgan javobgarligi bu borada samarali instrumentlar bo‘ladi.

Shuningdek, davlat moliyaviy institutlari kichik va o‘rta biznes hamda innovatsion startaplar uchun bozorni rivojlantirishga yordam berishi mumkin.

Asosiy e’tibor qaysi sohalarga qaratilmoqda?

Markaziy Osiyoda aylanma iqtisodiyotga o‘tish jarayonida ayrim sohalarga alohida e’tibor qaratish taklif etilmoqda. Ular quyidagilar:

plastmassa ishlab chiqarish

qurilish sohasi

elektronika sanoati

qishloq xo‘jaligi

tabiiy boyliklarni samarali foydalanish.

Mintaqa foydali qazilmalar bo‘yicha dunyoda katta ulushga ega:

marganets rudasi: ~39%

xrom: ~30%

qo‘rg‘oshin: ~20%

rux: ~13%

titan: ~9%

Bu holat energetika o‘tishi (transition) sharoitida resurslarni tejamkor va barqaror boshqarishni yanada muhim qiladi.

Andersenning fikricha, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida muvofiqlashgan siyosat iqlim bo‘yicha majburiyatlarni yaxshiroq bajarishga, tabiatni muhofaza qilishni kuchaytirishga, ekologik turizmni rivojlantirishga, bir martalik plastikdan foydalanishni kamaytirishga yordam beradi.

Mintaqaviy hamkorlik kuchaysa, aylanma iqtisodiyotga o‘tish tezlashadi va mintaqa tabiiy resurslardan yanada samarali foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid