Radarlar orqali necha kishi jarima ball olgani ma’lum bo‘ldi

Bugun 13:252 daqiqa

Ayrim haydovchilar 22 kunda 10 ballgacha jarima to‘plagan, 12 ballga yetgan taqdirda esa haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish chorasi qo‘llaniladi.

Radarlar orqali necha kishi jarima ball olgani ma’lum bo‘ldi © autostrada.uz

2026 yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jarima ballarini hisoblash amaliyoti joriy etilgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 22-aprel holatiga respublika bo‘yicha jami 22 638 nafar haydovchi 5 balldan jarima to‘plagan.

Qoidabuzarliklar asosan svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmaslik, qarshi yo‘lakda harakatlanish, to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish hamda tezlikni oshirish bilan bog‘liq holatlardan iborat.

Jarima ballari tizimi

Yangi tizim doirasida ayrim haydovchilar 22 kun ichida 10 ballgacha jarima to‘plagan holatlar ham qayd etilgan. Rasmiylarga ko‘ra, 12 ballga yetgan haydovchilar haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinishi mumkin.

«Bilasiz, jarima bali olingandan so‘ng uni boshqa haydovchiga qaratish, ko‘chirish yoki boshqa uslublarda o‘chirishning umuman imkoni mavjud emas. Yagona tartib va qoida esa yo‘l harakat qoidalariga rioya qilishdir», dedi Zoir Yo‘ldoshev.

Bu mexanizm haydovchilarning mas’uliyatini oshirish va qoidabuzarliklarni kamaytirishga qaratilgan.

Javobgarlik tartibi

Mashinasini ishonchnoma asosida boshqa birovga berganlar diqqatiga: jarima ballari olmay desangiz, javobgarlik o‘tkazilgani haqida xabardor qilish kerak bo‘ladi.

Xabardor qilish xizmatidan foydalanish uchun transport egasi YAIDXP yoki mobil ilovada shaxsiy kabinet ochgan holda so‘rovnoma to‘ldiradi va unda boshqarish huquqini berish muddatini ko‘rsatib o‘tadi.

Boshqarish huquqini olgan shaxs so‘rovnomani tasdiqlash orqali kelgusida unga nisbatan jarima solish to‘g‘risida qaror rasmiylashtirilib borilishiga roziligini elektron raqamli imzo yoki «Mobile-ID» yoxud «Face-ID» orqali tasdiqlaydi

Xabardor qilish xizmati uchun BHMning 10 foizi miqdorida ya’ni 41 200 so‘m yig‘im undiriladi.

Teglar

Mavzuga oid