JCH-2026. Ispaniya yirik hisobdagi g‘alaba bilan 1/8 finalga yo‘l oldi
Amaldagi Yevropa chempioni keyingi bosqichda Portugaliya — Xorvatiya juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Jahon chempionatining 1/16 final bosqichida turnir favoritlaridan biri Ispaniya Avstriya darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi.
Oyarsabal dublga erishdi, yana bir gol Porro hisobiga yozildi. Kukurelya esa 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Ispaniya keyingi bosqichda Portugaliya — Xorvatiya juftligi g‘olibi bilan bahs yuritadi.
JCH-2026. 1/16 final
Ispaniya — Avstriya 3:0
2-iyul, Inglvud
Gollar: Oyarsabal (36, 89), Porro (66).
Ispaniya — Simon, Porro, Kubarsi, Laport (Pubil, 90+3), Kukurelya, Rodri, Pedri (Ruis, 90+3), Yamal (Gavi, 85), Olmo (Merino, 71), Baena (Torres, 71), Oyarsabal.
Avstriya — A.Shlager, Posh (Prass, 86), Danso, Alaba, Laymer, Zayvald (Chukvuemeka, 46), K.Shlager (Grillitch, 46), Shmid (Kalayjich, 60), Vanner, Zabitser, Gregorich (Arnautovich, 60).
Ogohlantirish: Posh (83).

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





