add

Noto‘g‘ri o‘rin, noto‘g‘ri ball — O‘zbekistonning korrupsiya indeksidagi haqiqiy o‘rni ma’lum

08.07.2025 | 20:3046462

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va ba’zi ommaviy axborot vositalarida Transparency International’ning 2024 yil uchun korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 28 ball bilan 180 ta davlat orasida 126-o‘rinni egallagani haqida xabarlar tarqaldi.

Noto‘g‘ri o‘rin, noto‘g‘ri ball — O‘zbekistonning korrupsiya indeksidagi haqiqiy o‘rni ma’lum
Ammo Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bu ma’lumotni rad etdi va rasmiy holatni ochiqladi. Unga ko‘ra, 2024 yil 11 fevralda e’lon qilingan reyting natijalarida mamlakat 32 ball bilan 121-o‘rinda qayd etilgan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkich bilan bir xil, lekin so‘nggi yetti yilda 37 pog‘ona yuqorilashni anglatadi. «Indeksda alohida ta’kidlanishicha, mamlakatimiz Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida ko‘rsatkichlari ijobiy tomonga o‘zgargan 5 ta davlat (Gruziya, Moldova, Ukraina, Kosovo) qatoriga kirgan. Misol uchun, O‘zbekistonning ko‘rsatkichi so‘nggi besh yil davomida 7 ballga, so‘nggi o‘n yil ichida esa 13 ballga oshgan, bu esa ijobiy o‘zgarishlar dinamikasidan dalolat beradi», deyiladi xabarda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Transparency International tavsiyalari asosida O‘zbekistonning pozitsiyalarini yaxshilashga qaratilgan harakatlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid