add

O‘zbekiston va NEQSOL Holding yangi investitsiyaviy loyihalarni boshlaydi

03.07.2025 | 13:4534173

Boku shahrida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Ozarbayjonning NEQSOL Holding kompaniyasi o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi. Ushbu kelishuv keng ko‘lamli sohalarni qamrab oladi.

O‘zbekiston va NEQSOL Holding yangi investitsiyaviy loyihalarni boshlaydi
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda. Boku shahrida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Ozarbayjonning NEQSOL Holding kompaniyasi o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Kelishuv doirasida ikki tomon birgalikda qator yo‘nalishlarda investitsiyaviy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib oldi. Ushbu yo‘nalishlar qatorida qurilish materiallari ishlab chiqarish, geologiya va konchilik, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, energetika, “yashil” energiya, kimyo sanoati, raqamli texnologiyalar va innovatsion startaplar bor. Tomonlar o‘zaro axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, loyihalarni birgalikda tayyorlash hamda O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoit yaratish masalalari bo‘yicha ham kelishuvga erishdilar. NEQSOL Holding — 10 dan ortiq mamlakatda faoliyat yurituvchi, sanoat, raqamlashtirish va shahar infratuzilmasi sohalarida ixtisoslashgan xalqaro xo‘jalik tuzilmasi hisoblanadi. Mazkur hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash va yangi qo‘shma loyihalar uchun yo‘l ochishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid