Qirg‘iziston sobiq Prezidentining ukasi O‘zbekistonda vafot etdi

Kecha 19:141 daqiqa

2011-yilda bir qator jinoyatlar uchun 7 yilga qamalgan Ahmat Bakiyev, 2012-yilda shifoxonadan qochib ketgani bilan tanilgan edi.

Qirg‘iziston sobiq Prezidentining ukasi O‘zbekistonda vafot etdi © © Sputnik / Тимофей Железовский

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyevning akasi — Ahmat Bakiyev O‘zbekistonda vafot etdi. Bu haqda «Sputnik» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, uning jasadi bugun Jalolobod viloyatiga olib kelinishi kerak. Bakiyev o‘zining tug‘ilgan Masadan (Teyit) qishlog‘ida dafn etiladi. Qurmanbek Bakiyevning jami olti nafar aka-ukasi borligi aytilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2011-yilning avgust oyida Ahmat Bakiyev ommaviy tartibsizliklar tashkil etish, millatlararo adovat qo‘zg‘atish, tovlamachilik va firibgarlikda aybdor deb topilib, yetti yil muddatga qattiq tartibli koloniyaga mahkum etilgan edi. U 35-sonli manzil-koloniyada bo‘lgan, keyinroq sog‘lig‘i sababli shifoxonaga o‘tkazilgan.

2012-yilning mart oyida uning tibbiyot muassasasidan qochib ketgani ma’lum bo‘lgandi.

Qurmanbek Bakiyevning o‘zi esa «Oq uy» oldidagi ommaviy otishmalarda aybdor deb topilib, 30 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Hozirda u Belarusda istiqomat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid