add

Si Jinping kechikkan Putin sababli fotosuratga tushish marosimini bekor qildi

03.09.2025 | 08:204473

Tianjindagi SHHT sammitida Rossiya prezidenti Putinning kechikishi ortidan Si Jinping guruh bo‘lib rasmga tushish marosimini bekor qilishga qaror qildi.

Si Jinping kechikkan Putin sababli fotosuratga tushish marosimini bekor qildi
Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida 1 sentyabr kuni Tianjin shahrida o‘tishi kerak bo‘lgan rasmiy fototasvir marosimi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning kechikishi tufayli bekor qilindi. Bu haqda «Kommersant’» muxbiri Andrey Kolesnikov xabar berdi. Marosimda 20 dan ortiq davlat rahbarlari ishtirok etishi kutilgan edi. Ammo Putin o‘sha paytda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan ikki tomonlama uchrashuvda bo‘lgani sababli, marosimga o‘z vaqtida yetib kelmadi. Xitoy mezbon sifatida 15 daqiqa kutishga qaror qildi. Bundan so‘ng Xitoy rahbari Si Jinping tadbirni butunlay bekor qildi. Bu Putinning xalqaro tadbirlarda kechikishi bilan e’tibor markazida qolgan birinchi holat emaski. Ilgarilari u Germaniya kansleri Angela Merkelni bir necha marta kuttirgan, 2014 yilda Ukraina bo‘yicha uchrashuvni 6 soat kechiktirgan. 2003 yilda u hatto Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, 2013 yilda esa Rim Papasi Fransisk bilan uchrashuvlarga ham kechikkan. 2018 yilda AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda esa teskari holat yuz bergan — Tramp kechroq kelib, Putinni 20 daqiqa kuttirgan. Ammo 2025 yil 15 avgustdagi Ankorij sammitida Tramp avvalroq kelgan va Putinni yarim soat kutishiga to‘g‘ri kelgan.

Teglar

Mavzuga oid