
Texnikumlarda darslar 3 sentyabrdan boshlanadi
Texnikumlarga hujjat topshirish jarayoni davom etmoqda. Bu yil 549 ta texnikumga 143 mingdan ziyod kvota, shu jumladan 66 mingdan ortiq grant ajratilgan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirning tegishli buyrug‘i bilan respublika texnikumlarida 2025/2026-o‘quv yilining boshlanish sanasi rasman tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 9-sinf bazasida shakllangan guruhlar hamda o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 2- va 3-kurs o‘quvchilari uchun dars jarayonlari 2025 yil 3 sentyabrdan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda oliy ta’lim muassasalari hamda umumta’lim maktablarida ham yangi o‘quv yilining boshlanish sanasi ma’lum qilingan edi.





