add

Xitoy toliblarga samolyotlarga o‘q otishni o‘rgatadi

16.09.2025 | 11:309844

Maxfiy hujjatda 22 nafar tolib Xitoyda tayyorgarlikdan o‘tishi belgilangan.

Xitoy toliblarga samolyotlarga o‘q otishni o‘rgatadi
Xitoy Afg‘oniston «Tolibon» harakatiga havo mudofaasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda yordam ko‘rsatish niyatida. Bu haqda «Nezavisimaya gazeta» xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, sentyabr oyida Afg‘oniston Mudofaa vazirligi Xitoy bilan harbiy hamkorlikka oid maxfiy hujjat tayyorlagan. Unda toliblarning havo mudofaa qo‘shinlari uchun radiolokatsiya tizimi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash rejasi bayon qilingan. «Vazirlik rahbariyati qaroriga muvofiq, 22 nafar kishi Xitoy Xalq Respublikasiga yuborilib, radiolokatsiya tizimlari sohasida kasbiy tayyorgarlik va malaka oshirishdan o‘tadi», - deyiladi Mudofaa vaziri Muhammad Ya’qub Mujohidning ko‘rsatmasiga asoslangan ma’lumotda. U shuningdek, bu borada Xitoy bilan kelishuvga erishilganini alohida ta’kidlagan. Hujjatga ko‘ra, PVO boshqarmasi ishonchli va malakali nomzodlarni tanlab, ularning to‘liq biografik ma’lumotlarini tashqi aloqalar direktoratiga taqdim etishi kerak. Shuningdek, hujjat nusxasi strategik razvedka boshqarmasiga yuborilgan. Ushbu tuzilma nomzodlarni saralash, yuborish va Xitoyda bo‘lish jarayonini nazorat qilishi, shu jumladan, Xitoy maxsus xizmatlari tomonidan ehtimoliy verbovkadan himoya masalalarini kuzatishi kutilmoqda. Ma’lum qilinishicha, 2025 yilning ikkinchi yarmidan buyon «Tolibon» yetakchilarini havodan himoya qilish masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Xususan, iyun oyida Isroil agentlari dronlar yordamida Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi (KSIR) rahbariyatining bir qismini yo‘q qilganidan so‘ng toliblar o‘z xavfsizligiga jiddiy e’tibor qarata boshlagan. Ayniqsa, Qandahor osmonida, amir maullavi Haybatulloh Ohund bosh qarorgohi yaqinida, noma’lum dronlar tez-tez ko‘zga tashlanayotgani kuzatilgan. Afg‘on kuzatuvchilari ular AQSH yoki Pokistonga tegishli bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid