add

Amerikalik musulmon ayol ilk bor shtat vitse-gubernatori lavozimiga saylandi

05.11.2025 | 21:106011 daqiqa

Demokratlar partiyasidan nomzod G‘azala Hashmi Virjiniya vitse-gubernatori saylovida respublikachi Jon Ridni ortda qoldirib g‘alaba qozondi va shtatda bu lavozimga saylangan birinchi hindistonlik hamda musulmon ayol bo‘ldi.

Amerikalik musulmon ayol ilk bor shtat vitse-gubernatori lavozimiga saylandi

Sobiq kollej o‘qituvchisi va amaldagi shtat senatori Hashmi o‘zining siyosiy faoliyatini 2019 yilda boshlagan.

Virjiniya vitse-gubernatori shtat Senatining raisi hisoblanadi va gubernator vafot etgan yoki iste’foga chiqqan taqdirda uning o‘rnini egallashga birinchi nomzod bo‘ladi.

Hashmining tarixiy g‘alabasi AQSH siyosatidagi boshqa muhim voqealar - Zohran Mamdaniyning Nyu-Yorkning ilk musulmon va janubiy osiyolik meri etib saylanishi hamda demokrat Ebigayl Spenbergerning Virjiniyaning birinchi ayol gubernatori bo‘lishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.

Teglar

Mavzuga oid