Logo

AQSHda benzin qimmatladi, ammo Toshkentda narxlar undan ham yuqori

Bugun 15:251 daqiqa

AQSHda benzin narxlarining yuqoriligi muhokama qilinayotgan bir paytda, Toshkentdagi yonilg‘i narxlari ayrim oktanlarda undan ham qimmatroq ekani ma’lum bo‘ldi.

AQSHda benzin qimmatladi, ammo Toshkentda narxlar undan ham yuqori © natemat.pl

Ijtimoiy tarmoqlarda AQSHda yashayotgan vatandoshlar benzin narxining qimmatligini yozmoqda. Shu o‘rinda AQSH va O‘zbekistondagi benzin narxlari solishtirildi.

photo_2026-09-17_14-58-46


16-sentabr holatiga ko‘ra, Nyu-Yorkda 92 oktanli benzin narxi taxminan 13 ming 680 so‘m, 95 oktanli benzin 14 ming 920 so‘m, 98 oktanli benzin esa 16 ming 170 so‘mга to‘g‘ri keladi.

Toshkentdagi narxlar esa bundan yuqori. Poytaxtdagi ayrim shoxobchalarda 92 oktanli benzin 16 ming 500 so‘m, 95 oktanli benzin esa 19 ming 500 so‘mдан sotilmoqda.

photo_2026-09-17_14-58-49


Shunday qilib, 92 oktanli benzin Toshkentda Nyu-Yorkdagidan qariyb 21 foiz, 95 oktanli benzin esa qariyb 31 foiz qimmatroq chiqmoqda.

Ya’ni AQSHda benzin narxi qimmatligi haqida gap ketayotgan bir paytda, Toshkentdagi ayrim shoxobchalardagi narxlar bilan solishtirganda, O‘zbekistonda yonilg‘i narxi bundan ham yuqori.

Ma’lumot uchun: Benzin narxlarini taqqoslaganda yana bir muhim jihat bor: AQSHdagi narxlar odatda gallon uchun ko‘rsatiladi va bu yerdagi hisob-kitobda gallon narxi litrga aylantirilgan. Shu sababli taqqoslashda valuta kursi va yonilg‘ining oktan darajasini ham hisobga olish kerak.

Teglar

Mavzuga oid