add

AQSHda Jekson–Venik tuzatmasini Rossiyaga nisbatan qayta tiklashi mumkin

11.09.2025 | 18:0018504

Kongressdagi tashabbus Rossiya bilan har qanday savdoni to‘xtatishni maqsad qilmoqda. Ushbu tuzatma 1974 yilda SSSRga qarshi qabul qilingan edi.

AQSHda Jekson–Venik tuzatmasini Rossiyaga nisbatan qayta tiklashi mumkin
AQSH Kongressi quyi palatasi a’zosi Jo Uilson 1974 yilda qabul qilingan Jekson–Venik tuzatmasini qayta tiklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, mazkur tuzatma Rossiya bilan har qanday savdoni cheklash imkonini qayta yaratadi. Uilson ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bu qadamni «Polshaga qilingan hujum»dan keyin savdoni to‘liq to‘xtatish uchun tashabbus sifatida atadi. U shuningdek, Barak Obama va Jon Kerrini tuzatmani «noqonuniy ravishda bekor qilganlikda» ayblab, buni Rossiya bilan munosabatlardagi «noto‘g‘ri qayta yuklanish» deb baholadi. Chunki Rossiyaga qarshi cheklov 2012 yilda aynan Barak Obama tomonidan bekor qilingan. Qayd etib o‘tish kerak, AQSHning Savdo to‘g‘risidagi qonuniga 1974 yilgi Jekson-Venik tuzatmasi ayrim davlatlarning emigratsiyaga qo‘ygan cheklovlari, xususan, SSSRni tark etmoqchi bo‘lgan yahudiylarga nisbatan cheklovlar tufayli AQSH bilan normal savdo qilish huquqidan mahrum etish maqsadida qabul qilingan. Garchi sovet ittifoqi 1991 yilda parchalanib ketgan bo‘lsa-da, Jekson-Venik tuzatmasi uning ayrim sobiq a’zolari uchun amal qilishda davom etib kelmoqda. 2000–2012 yillarda bu cheklovdan Qirg‘iziston, Gurjiston, Ukraina, Armaniston, Moldova va Rossiya chiqarib tashlangan. Biroq, Markaziy Osiyoning to‘rt davlati — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistondan cheklov hanuz olib tashlanmagan. Agar ushbu qonun loyihasi qabul qilinsa, AQSH–Rossiya savdo aloqalariga yana jiddiy ta’sir o‘rnatilishi mumkin. Uilsonning so‘zlariga ko‘ra, bu Moskvaga nisbatan yanada qattiq iqtisodiy bosim o‘tkazishni nazarda tutadi.

Teglar

Mavzuga oid