add

BMT anjumanida 10 davlat Falastinni tan oladi

21.09.2025 | 18:0047622

22 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan BMT anjumanida qator G‘arb va Yevropa mamlakatlari Falastin davlatini rasman tan olishini e’lon qiladi.

BMT anjumanida 10 davlat Falastinni tan oladi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning maslahatchisi Yelisey saroyidagi brifingda ma’lum qilishicha, Fransiya bilan bir qatorda Andorra, Avstraliya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Lyuksemburg, Malta, Portugaliya va San-Marino Falastin davlatini tan olish niyatini bildirgan. Maslahatchining ta’kidlashicha, Fransiya Isroilning Iordan daryosi g‘arbiy qirg‘og‘idagi falastinliklarga tegishli yerlarni egallash harakatini «qizil chiziq» deb hisoblaydi. Bu esa Parijning masalaga keskin munosabatini ko‘rsatadi. Falastin hozirda BMTning 148 davlati tomonidan tan olingan. Shu bilan birga, dunyoning 95 mamlakatida Falastin elchixonalari va doimiy vakolatxonalari faoliyat yuritib kelmoqda. Kuzatuvchilarning fikricha, yangi 10 davlatning qo‘shilishi Falastinning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlaydi va uning mustaqillik uchun intilishlariga siyosiy qo‘llovni oshiradi. Bu jarayon Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyatga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

BMT anjumanida 10 davlat Falastinni tan oladi | Vaqt.uz