add

Buloqboshida totalizator qarzi ortidan 9 kishilik oila yashab turgan uyidan majburan chiqarildi

11.10.2025 | 22:303253

Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi uy egasi qimor qarzi tufayli mulkini sotgan. Ammo qarzni uzish umidida 11 oy uyni tark etmagan.

Buloqboshida totalizator qarzi ortidan 9 kishilik oila yashab turgan uyidan majburan chiqarildi
Andijon viloyatining Buloqboshi tumani Qumguzar mahallasida 9 nafar fuqaro sud qarori bilan turar-joydan ko‘chirildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi ma’lum qildi. Bungacha ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar, jumladan voyaga yetmagan bolalar va homilador kelin sud qarorisiz uylaridan majburiy ko‘chirilgani haqida asossiz xabar tarqalgan. MIB bu ma’lumotni rad etdi va ko‘chirish Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudining buyrug‘i asosida amalga oshirilganini bildirdi. «Sud buyrug‘iga muvofiq, javobgarlar N.Erkinova va boshqalarni Buloqboshi tumani, Chamanzor ko‘chasidagi 108-uydan buyumlari bilan birga ko‘chirish belgilangan. Ijro jarayonlari 2 oktyabr kuni o‘tkazilib, 9 nafar fuqaroning ko‘chirilishi ta’minlandi», — deyiladi MIB xabarida. MIB ma’lumoticha, avval ikki marta ijro harakatlari belgilangan, ammo qarzdor O.Yusupovning yozma iltimosnomasiga ko‘ra ular keyinga qoldirilgan. Yangi sana sifatida 2025 yil 2 oktyabr sanasi belgilangan va tegishli tashkilotlar ishtirokida ijro amalga oshirilgan. Podrobno.uz ma’lumotiga ko‘ra, uyning avvalgi egasi totalizatorda yutqazib, qarzga kirgan. Qarzini uzish uchun uyni sotgan bo‘lsa-da, uni qariyb 11 oy mobaynida bo‘shatmasdan, qarzini to‘lab uyni qayta sotib olish umidida yashab kelgan.

Teglar

Mavzuga oid

Buloqboshida totalizator qarzi ortidan 9 kishilik oila yashab turgan uyidan majburan chiqarildi | Vaqt.uz