Logo

«El-yurt umidi» jamg‘armasi ayrim sud xarajatlaridan ozod qilindi

Bugun 13:351 daqiqa

Endi jamg‘arma shartnoma shartlarini buzgan stipendiatlardan xorijda o‘qish uchun sarflangan mablag‘larni sud orqali undirganda davlat boji to‘lamaydi.

«El-yurt umidi» jamg‘armasi ayrim sud xarajatlaridan ozod qilindi © El-yurt umidi jamg'armasi

Adliya vazirligi ma’lum qilishicha, 2026-yil 13-noyabrda qabul qilingan O‘RQ–1190-sonli qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, jamg‘arma shartnoma majburiyatlarini bajarmagan stipendiatlarni xorijda o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarni undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga davlat bojini to‘lamasdan murojaat qilishi mumkin.

Shuningdek, qonun bilan vazirlik va idoralar normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish tartibi ham o‘zgartirildi.

Yangi tartibga ko‘ra, vazirlik va idoralarning buyruq hamda qarorlari loyihalari tegishli portal
ga joylangan kundan boshlab kamida 10 kun jamoatchilik muhokamasida turishi shart.

Agar dastlabki 5 kun ichida loyiha yuzasidan fikr-mulohaza yoki taklif kelib tushmasa, hujjat huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga yuborilishi mumkin.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik olim Akmal Mahmudov va «El-yurt umidi» jamg‘armasi o‘rtasidagi nizo sudgacha yetib borgani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid

«El-yurt umidi» jamg‘armasi ayrim sud xarajatlaridan ozod qilindi | Vaqt.uz