add

Eng past foizli avtokreditlar qaysi banklar tomonidan taklif qilinmoqda?

21.10.2025 | 16:302401

Markaziy bank 2025 yil 20 oktyabr holati ko‘ra, banklar kesimida aholiga ajratilgan avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Eng past foizli avtokreditlar qaysi banklar tomonidan taklif qilinmoqda?

Markaziy bank tijorat banklaridagi mikrokreditlar va avtokreditlar bo‘yicha amaldagi foiz stavkalari haqida navbatdagi ma’lumotlarni e’lon qildi. 2025 yil 20 oktyabrholatiga ko‘ra, avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 24,3 foiz darajasida saqlanib qoldi.

Jismoniy shaxslarga berilayotgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 23,7 foiz, yuridik shaxslarga esa 23,1 foizni tashkil etmoqda.

Hozirgi kunda avtokredit bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi eng past foizli takliflar quyidagi banklarda qayd etilgan:

«Garant bank» — 19 foiz;

«Ipoteka bank» — 19,9 foiz;

«OFB bank» — 21,4 foiz;

«BRB bank» — 23,1 foiz;

«Xalq bbanki» — 23,5 foiz.

Shu bilan birga, eng yuqori foizli avtokreditlarni taklif etayotgan banklar quyidagicha:

«Madad Invest bank» — 28,3 foiz;

«Hamkorbank» — 27,4 foiz;

«Asia Alliance bank»— 27,3 foiz;

«Trast bank» — 26,6 foiz;

«SQB» — 26,3 foiz.

Mikrokreditlar bo‘yicha esa o‘rtacha foiz stavkasi 33,1 foiz bo‘lib, «Infinbank» va «BRB bank»larida eng past — 25,6 foizli takliflar qayd etilgan. Eng yuqori stavkalar esa «Anor bank» (41,8 foiz) va «TBC bank» (40,4 foiz) tomonidan belgilangan.

Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtokredit stavkalari bank va mijoz o‘rtasidagi shartlarga qarab farq qilishi mumkin. Ayniqsa, avtomobil ishlab chiqaruvchi yoki dilerlar bilan hamkorlikda berilgan kreditlarda foizlar ancha past bo‘ladi. Shuningdek, transport vositasining yoshi, boshlang‘ich to‘lov miqdori va sug‘urta shartlari ham stavkaga ta’sir qiladi.

Teglar

Mavzuga oid

Eng past foizli avtokreditlar qaysi banklar tomonidan taklif qilinmoqda? | Vaqt.uz