add

O‘zbekistonda 11 oyda 273,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

Bugun 14:551782 daqiqa

2025 yilda qurilish sohasida yuqori o‘sish sur’ati saqlanib, bajarilgan ishlar hajmi bir yilda qariyb 15 foizga ortdi.

O‘zbekistonda 11 oyda 273,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida jami 273,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,6 foizga o‘sgan.

Qayd etish joizki, oxirgi yillarda qurilish sohasidagi o‘sish dinamikasi barqaror tus olmoqda. Jumladan, 2022 yilning yanvar–noyabr oylarida 114,9 trln so‘mlik, 2023 yilda 134 trln so‘mlik, 2024 yilda esa 225,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. 2025 yilda bu ko‘rsatkich 273,3 trln so‘mga yetib, so‘nggi to‘rt yilda eng yuqori natijani qayd etdi.

Hududlar kesimida eng katta qurilish ishlari hajmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi. Poytaxtda 11 oy davomida 78,8 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu hududlar bo‘yicha umumiy hajmning katta qismini tashkil etadi.

Shuningdek, Toshkent viloyati 29,9 trln so‘m bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Samarqand da 17,4 trln so‘m, Farg‘onada 16,3 trln so‘m va Buxoroda 16,3 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Qashqadaryo viloyatida mazkur ko‘rsatkich 15,9 trln so‘mni tashkil etgan.

Shu bilan birga, Andijon va Namangan viloyatlarida mos ravishda 13,9 trln so‘m va 13,8 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan. Shu jumladan, Surxondaryoda 13,4 trln so‘m, Navoiyda 13 trln so‘m, Xorazmda 11,4 trln so‘mlik qurilish ishlari qayd etilgan.

Qurilish hajmi nisbatan kam bo‘lgan hududlar orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi 8,9 trln so‘m, Jizzax viloyati 7,2 trln so‘m va Sirdaryo viloyati 5,8 trln so‘m ko‘rsatkich bilan qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yil noyabr oyida O‘zbekistonda uy-joy oldi-sotdisi 13,2 foizga oshgani haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda 11 oyda 273,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi | Vaqt.uz