add

Prezident bayramda o‘zbekistonliklar necha kun dam olishini belgiladi

Bugun 20:426392 daqiqa

Prezident farmoni bilan 2026 yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi. Xususan Yangi yil bayramida ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo‘ladi.

Prezident bayramda o‘zbekistonliklar necha kun dam olishini belgiladi

O‘zbekiston Prezidenti «2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra, quyidagi sanalar qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilandi:

(a) 2025 yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 31-dekabr – chorshanba;

(b) 2026 yilda:

(i) barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2-yanvar – juma, 28-may – payshanba, 29-may – juma, 31-avgust – dushanba;

(ii) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – shanba, 30-may – shanba, 31-dekabr – payshanba.

Shuningdek, Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan bayram kunlari hisoblanuvchi 8-mart – Xotin-qizlar kuni bayrami 2026 yilda yakshanba – dam olish kuniga va 21-mart – Navro‘z bayrami hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayramlari besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kunlari mos ravishda 2026 yil 9-mart, 23-mart va 11-may – dushanba kunlariga ko‘chiriladi.

Ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.

Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 2026 yilda 12-dekabr – shanba kunidan 31-dekabr – payshanba kuniga ko‘chiriladi.

Bundan tashqari, bayram (ishlanmaydigan) kunlarining uzaytirilishini hisobga olgan holda respublika aholisining maroqli dam olishi uchun Turizm qo‘mitasi va Madaniy meros agentligi turizm namoyishi ob’ektlari (madaniy meros ob’ektlari, muzeylar) va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishi hamda aksiyalar o‘tkazilishini tashkil etadi.

Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sanatoriylar va sog‘lomlashtirish muassasalari uchun chegirmalar berish hamda aksiyalar o‘tkazish tavsiya etilgan.

Farmonda “Uzbekistan Airways” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ichki transport qatnovlari uchun chegirmalar berish va aksiyalar o‘tkazish tavsiya etilgan.

Teglar

Mavzuga oid