add

Toshkent metrosining 49 ta bekatida yo‘l haqini kaft orqali to‘lash mumkin

Bugun 12:553061 daqiqa

Metropolitenda biometrik texnologiya joriy etilib, yo‘lovchilar endi karta yoki telefonsiz ham to‘lov qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Toshkent metrosining 49 ta bekatida yo‘l haqini kaft orqali to‘lash mumkin

Toshkent metropolitenida yo‘l haqini kaft orqali to‘lash imkonini beruvchi innovatsion to‘lov tizimi ishga tushirildi. Yangi texnologiya yo‘lovchining kaftidagi tomir chiziqlarini tanish asosida biometrik identifikatsiya orqali to‘lovni amalga oshiradi. Shu tariqa metro bekatlariga kirish uchun transport kartasi yoki smartfon olib yurish talab etilmaydi.

Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur tizim metropolitenning 49 ta bekatida joriy etilgan. Undan har kuni o‘rtacha 20–25 ming nafar yo‘lovchi foydalanmoqda. Bu ko‘rsatkich yangi to‘lov usuli qisqa vaqt ichida aholi orasida ommalashayotganini ko‘rsatadi.

Tizimdan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayoni oddiy va tezkor bo‘lib, taxminan 5 daqiqa vaqt oladi. Yo‘lovchi bir marta biometrik ma’lumotlarini ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng, keyingi safarlarda qo‘shimcha harakatlarsiz metro xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, bunday raqamli yechimlar shahar infratuzilmasiga bo‘lgan ishonch darajasini oshiradi. Toshkentda fintex tashabbuslarini rivojlantirish uchun barqaror va xavfsiz muhit izchil ravishda shakllantirilmoqda. Bu jarayon xalqaro va mahalliy investorlarning faol ishtirokida zamonaviy, yuqori texnologiyali loyihalarni amalga oshirishga zamin yaratayotgani bilan ahamiyatli.

Kaft orqali to‘lov texnologiyasining joriy etilishi turniketlar oldidagi navbatlarni sezilarli darajada qisqartirishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkent metrosining 49 ta bekatida yo‘l haqini kaft orqali to‘lash mumkin | Vaqt.uz